O‘zbekiston | 08:20 / 11.02.2018
15473
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda     

Foto: Tojikiston tashqi ishlar vazirligi

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov O‘zbekistonning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shoqosim Shoislomov bilan uchrashdi. Shoislomov Tojikistondagi faoliyatini yakunlamoqda, deb ma'lum qildi Tojikiston tashqi ishlar vazirligi axborot departamenti.  

Ma'lum qilinishicha, uchrashuv davomida tomonlar o‘zbek-tojik munosabatlarining joriy holati va istiqbollarini va o‘zaro manfaatli masalalarni muhokama qilishgan.   

Aslov Shoislomovga uzoq yillik professional faoliyati va Tojikiston hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan. 

Dushanbedagi elchi lavozimiga kim tayinlangani hozircha ma'lum qilinmayapti.

Mavzuga oid