Jahon | 10:06 / 14.02.2018
27094
2 daqiqa o‘qiladi

Boeing dvigateli Tinch okeani uzra parvoz vaqtida «sochilib» ketdi

San-Frantsiskodan Havayiga yo‘l olgan Boeing 777 yo‘lovchilari video va fotoni e'lon qilishdi. Ularda samolyotning ikkita dvigatelidan bittasi okean uzra parvoz vaqtida sochilib ketganini ko‘rish mumkin.

"Hayotimdagi eng qo‘rqinchli kun", - deya tan olgan yo‘lovchilardan biri. "Yo‘riqnomada bu haqida hech narsa aytilmagandi", - deb hazillashgan boshqasi.

Scariest flight of my life #ua1175 pic.twitter.com/hjCvrJ9VwV

— Maria Falaschi (@mfalaschi) February 13, 2018

I don't see anything about this in the manual ✈️#ua1175 pic.twitter.com/yTECg9fxZw

— Erik Haddad (@erikhaddad) February 13, 2018

Samolyotga egalik qiluvchi United Airlines aviakompaniyasidan ma'lum qilishlaricha, dvigateldan suyri detal chiqib ketgan. Shu bilan birga, ro‘y bergan hodisa sabablari hozircha aniqlanmadi. Xabarda aytilishicha, uchuvchilar avialaynerni xavfsiz tarzda qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.

 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid