Internetda Bentley ishtirokidagi ro‘parama-ro‘para to‘qnashuv videosi paydo bo‘ldi (Video)
Internetda Bentley Continental GT mashinasi katta tezlikda pensioner boshqarayotgan mashinaga kelib urilgani videosi paydo bo‘ldi.
Voqea Britaniyadagi Amershem shahridagi ko‘chalardan birida yuz bergan. Pensioner mashinasi videoregistratoriga olingan ushbu voqea videosi bilan Daily Mail nashri bo‘lishdi.
Ford Kuga mashinasini boshqarayotgan 74 yoshli erkak tor ko‘chada ro‘paradan kelayotgan mashinalarni o‘tkazib yuborib, o‘zi sekin-asta harakatlanishni boshlaganda ro‘parasidan Bentley mashinasi katta tezlikda “uchib chiqib”, uning mashinasiga kelib urilgan. Buning oqibatida Ford ag‘darilib ketib, yo‘l chetidagi devor tomon otilib ketgan. To‘qnashuv jiddiy bo‘lganiga qaramay, qariya deyarli jarohat olmagan.
Aniqlanishicha, to‘qnashuv vaqtida hashamatli mashina 130 km/soatdan kattaroq tezlikda kelayotgan bo‘lgan. Vaholanki, bu ko‘chada ruxsat berilgan tezlik 30 km/soatni tashkil qilgan. Bentley egasi qochib ketgan, biroq uni mashinasida qolgan qon izlari bo‘yicha topishga muvaffaq bo‘lingan. U qanchalik darajada jarohat olgani ma'lum qilinmagan.
Erkak 2017 yil kuzida mashinani xavfli boshqargani va yo‘l-transport hodisasi joyidan qochishga uringanini tan olgan. U yanvar oyida 14 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingan. Shuningdek, qoidabuzarga 4 yil 7 oy davomida mashina boshqarish taqiqlangan.
Bentley Continental GT 100 km/soat tezlikka 5 soniyadan kamroq vaqt ichida erisha oladi.
Mavzuga oid
07:37 / 30.05.2023
Kosovodagi to‘qnashuvlarda o‘nlab odam jarohat oldi
15:41 / 11.05.2023
“Ikkitasi birda”: Bentley’dan Porsche’gacha - yo‘ltanlamas sportkarlar (fotojamlanma)
08:29 / 17.04.2023
Sudandagi to‘qnashuvlar o‘nlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi
19:15 / 03.12.2020