Kattaqo‘rg‘ondagi portlash haqida rasmiy ma'lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahridagi paxta tozalash zavodida yuz bergan gaz portlashi haqida rasmiy ma'lumot berildi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 12 fevral kuni soat 16.00larda Zomin ko‘chasida joylashgan “Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash” AJning paxta xom ashyosini quritishga mo‘ljallangan issiqlik ishlab chiqarish sexiga o‘rnatilgan pechning quvurlaridan tabiiy gaz sizib chiqib, xonaga to‘planib qolgan. Natijada gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lishi oqibatida binoning devori, tom qismidagi temir panjarasi va beton plitalari qulab tushgan.
Natijada bino ichida bo‘lgan AJ ishchilari, Uzunbo‘z qishlog‘ida yashagan, A.Xo‘djayev va “E.Miraliyev” ko‘chasida yashagan A.Arziqulov jarohat olib voqea joyida vafot etgan.
Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash zavodida gaz portladi — qurbonlar bor
Mavzuga oid
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
17:04 / 22.10.2024
Qo‘shrabotda ikki qavatli uy portladi. Bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘lgan
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:02 / 10.10.2024