Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyadagi avtohalokatda 20 dan ko‘proq o‘quvchi halok bo‘ldi
Nigeriyaning Kanto shtatida maktab avtobusi ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Gulf news Nigeria nashrining xabar berishicha, Bauchi shtatidagi maktablardan birining o‘quvchilari ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Buning oqibatida 22 o‘quvchi va avtobus haydovchisi halok bo‘lgan, 3 o‘quvchi jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga jo‘natilgan.
The Sun News nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasida 28 kishi halok bo‘lgan. Maktab o‘qituvchisining nashrga ma'lum qilishicha, 22 o‘quvchi va 3 o‘qituvchining voqea joyida, yana 3 o‘quvchining shifoxonaga yo‘lda joni uzilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi yo‘ldagi chuqurni chetlab o‘tish vaqtida boshqaruvni qo‘ldan chiqargan.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025