Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada zilzila sababli maktablar yopildi
Meksikaning Oaxaka shtati rahbariyati hududda yuz bergan kuchli zilziladan keyin maktabda mashg‘ulotlarni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda shtat gubernatori Alexandro Murat ma'lum qildi.
16 fevral kechki payt Meksikaning Oaxaka shtatida 7,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila o‘chog‘i 12 km chuqurlikda bo‘lgan.
Shtat rahbariyati zilzila qurbonlarga olib kelmagani, biroq moddiy zarar yetkazganini ma'lum qilgan. Milliy seysmologiya markazining ma'lum qilishicha, asosiy zilziladan keyin yana 200 ga yaqin aftershok qayd qilingan. Ulardan birining magnitudasi 5,3 ni tashkil qilgan.
Muratning aytishicha, maktablar bunday sharoitlarda maxsus e'lon bo‘lmaguncha ishlamay turadi.
Zilziladan keyin elektr energiyasiz qolgan hududlarda elektr ta'minoti deyarli tiklangan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025