Tibetda YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan obekt yonib ketdi
Tibet muxtor tumani poytaxti Lxasada joylashgan, YuNeSKO jahon madaniy merosi obekti hisoblanuvchi Jokang butxonasiga o‘t ketdi. Bu haqda “Sina” portali xabar bermoqda.
Yong‘in 17 fevral kechasi boshlangan. Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqdalar. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum. Yong‘in murakkabligi darajasi nisbatan og‘ir deya baholangan. Ta'kidlanishicha, butxona tomiga zarar yetgan bo‘lishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, voqea joyiga Tibet partiya qo‘mitasi kotibi U Intsze yo‘l olgan.
Qurilishi 639 yilda boshlangan Jokang butxonasi Lxasaning diniy markazi va Tibetdagi eng muqaddas joy hisoblanadi. Bu yerga ko‘plab ziyoratchilar va sayyohlar keladi. Butxona Dalay-lamaning sobiq qarorgohi – Potala saroyidan bir kilometr uzoqda joylashgan. Butxonada ko‘plab qimmatli yodgorliklar, jumladan Tibet buddaviyligida eng qadrlanuvchi Shakyamuni buddasi haykali bor.
Butxona 2000 yilda YuNeSKO jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
22:47 / 23.07.2021
Xitoy yetakchisi 30 yil ichida ilk bor Tibetga tashrif buyurdi
11:00 / 28.01.2020
Tibet «topilmasi»: muzliklar erishi qadimgi viruslarni yuzaga chiqarishi mumkin
17:57 / 04.09.2018
Xitoy nega Tibetga milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?
21:55 / 28.04.2018