Sport | 22:26 / 20.02.2018
5305
2 daqiqa o‘qiladi

Alfa Romeo 30 yildan keyin yana “Formula-1”ga qaytdi

“Formula-1” poygalarining Alfa Romeo Sauber jamoasi 2018 yilgi mavsum uchun o‘z bolidini taqdim qildi. Poyga mashinasi oq-qizil ranglarda bo‘lib, orqa qismida jamoaning titul homiysi – Alfa Romeo avtomobilsozlik kompaniyasining logotipi tushirilgan. “Alfa” chempionatga 30 yillik tanaffusdan keyin qaytdi. 

Jamoa 2017 yilgi mavsumda 2016 yilgi modifikatsiyadagi motorlardan foydalangan. Endilikda jamoa bolidi Ferrari’ning yangi dvigateli bilan jihozlanadi.  Mashinada poygachining boshini himoyalovchi tizim Halo paydo bo‘ldi.

Foto: Alfa Romeo Sauber

Yangi mavsumda jamoa uchun Markus Eriksson va “Formula-2” chempioni Sharl Lekler ishtirok etadi.

Foto: Alfa Romeo Sauber

O‘tgan yil Sauber jamoasi muhandislar kubogida bor-yo‘g‘i  5 ball to‘plab, oxirgi – 10-o‘rinni egallagandi. 

“Formula-1”ning yangi mavsumi 22 mart kuni Avstraliyada boshlanadi.

Mavzuga oid