Chempionlar Ligasi joriy mavsumining eng yaxshi darvozabonlari ma'lum bo‘ldi

Foto: AP
«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea Chempionlar Ligasi nimchorakfinalidan o‘rin olgan «Sevilya»ga (0:0) qarshi o‘yinda 8ta seyvni amalga oshirdi.
InStat ma'lumotiga ko‘ra, ispaniyalik posbon musobaqaning joriy mavsumida, darvozasi tomon yo‘llangan 21ta zarbadan 20tasini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan va bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichga ega - 95,2%. U o‘z darvozasidan faqat bir marta to‘p olib chiqqan xolos.
Zarbalarni qaytarish bo‘yicha ikkinchi yaxshi ko‘rsatkichni «Barselona» posboni Mark-Andre ter Stegen (87,5%), uchinchi ko‘rsatkichni «Manchester Siti» darvozaboni Ederson (79,2%) namoyish qilgan.
Mavzuga oid

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

02:38 / 07.05.2025
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi

10:53 / 01.05.2025
YeChLda yana bir supero‘yin. «Barselona» va «Inter» jami 6 ta gol urishdi

02:04 / 10.04.2025