Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qo‘lbola issiqxonalar bilan prezidentga ko‘zbo‘yamachilik qilindi
Qashqadaryo viloyatiga safar qilayotgan KUN.UZ sayti ijodiy guruhi noodatiy manzaralarga guvoh bo‘lishdi. Viloyatda bir kunlik issiqxonalar bilan prezidentga ko‘zbo‘yamachilik qilingan.
Sayt tahririyatiga qashqadaryoliklar tomonidan viloyatdagi yo‘llar yoqalarida prezident tashrifi arafasida vaqtinchalik issiqxonalar qurilgani, endi bu «issiqxonalar» qarovsiz yotgani haqida xabar berishgandi.
Ijodiy guruh shunday tut novdalari va sellofandan qurilgan qo‘lbola issiqxonalardan birini borib ko‘rdi va murojaatdagi ma'lumotlar tasdiqlandi - xo‘jako‘rsinga, shu bilan birga vaqt, mablag‘ va kuch sarflab barpo qilingan issiqxonalarda limon ko‘chatlari qovjiray boshlagan.
Qayd etish kerakki, viloyat bo‘ylab bunday issiqxonalar bir qancha joyda qurilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-29 yanvar kunlarida Qashqadaryo viloyatida bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi
16:04 / 26.03.2025