Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada rekord. Pyongchang-2018: bugun o‘ynalgan barcha medallar
Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarida navbatdagi kun musobaqalari yakuniga yetdi.
Bugun bo‘lib o‘tgan musobaqalarda jami 4ta medallar jamg‘armasi o‘ynaldi. Ayollar o‘rtasidagi figurali uchishda Rossiyalik olimpiyachi atletlar terma jamoasi dastlabki ikki o‘rinni band etgan bo‘lsa, Fristaylda Kanada xuddi shunday natija ko‘rsatdi.
Konkida yugurish bo‘yicha Niderlandiya terma jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi. Biatlon bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi estafetada kutilmaganda Shvetsiya terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Yuqorid qayd etilgan ikki sport turida ham kumush medallarni qo‘lga kiritgan Norvegiya terma jamoasi jami bo‘lib 37ta medalni qo‘lga kiritishdi va qishki olimpiadalar tarixidagi rekordni takrorladi. Shu kungacha eng ko‘p medal aynan 37tani tashkil etib, AQSh terma jamoasi 2010 yilgi oq olimpiadada bu natijaga erishgandi. So‘nggi ikki kunda chang‘i bo‘yicha marafonda ishtirok etadigan Norvegiya terma jamoasida bu rekordni butunlay yangilash imkoniyati mavjud.
Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya
23 fevral kuni o‘ynalgan barcha medallar
Figurali uchish
Erkin dastur
Ayollar
1. Alina Zagitova (Rossiyalik olimpiyachi atletlar)
2. Yevgeniya Medvedeva (Rossiyalik olimpiyachi atletlar)
3. Keytlin Osmond (Kanada)
Fristayl
Ski-kross
Ayollar
1. Kelsi Serva (Kanada)
2. Brittani Fela (Kanada)
3. Fanni Smit (Shveytsariya)
Kyorling
Erkaklar
3-o‘rin uchun uchrashuv
3. Shveytsariya
Konkida yugurish
Erkaklar
1000 metr
1. Keld Nyuys (Niderlandiya)
2. Xovard Xolmeford Lorentsen (Norvegiya)
3. Kim Te Yung (Janubiy Koreya)
Biatlon
Erkaklar
Estafeta
1. Shvetsiya
2. Norvegiya
3. Germaniya
Umumjamoa hisobida medallar jamg‘armasi(oltin, kumush, bronza, jami)
1. Norvegiya – 13-14-10 (37)
2. Germaniya – 13-7-6 (26)
3. Kanada – 10-8-9 (29)
4. AQSh – 8-7-6 (21)
5. Niderlandiya – 8-6-4 (18)
6. Shvetsiya – 6-4-0 (10)
7. Fransiya – 5-4-6 (15)
8. Avstriya – 5-2-6 (13)
9. Janubiy Koreya – 4-4-4 (12)
10. Shveytsariya – 3-6-4 (13)
Mavzuga oid
23:34 / 30.11.2023
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga Fransiya kurortlari va AQSh mezbonlik qiladi
20:30 / 16.03.2018
Erdo‘g‘an: Turkiya Olimpiada o‘yinlarini qabul qilishga tayyor
22:25 / 09.03.2018
Pyongchang-2018 Paralimpiya o‘yinlari ochiq deb e'lon qilindi (foto)
15:30 / 28.02.2018