Jamiyat | 21:32 / 23.02.2018
60153
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosini portlatmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi

Turmush o‘rtog‘i farzandini qaytarib bermasa, Toshkent metro stansiyalaridan birida portlashni amalga oshirishini ta'kidlagan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi​ xabar beradi

Ma'lum qilinishicha, 2018 yil 22 fevral soat 15.40larda “1009” xizmatiga o‘zini “Doniyor Xoliqov” deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qilib, va “Agar turmush o‘rtog‘im farzandimni 20 daqiqa ichida olib kelib bermasa, metroda portlash sodir bo‘ladi”-deb go‘shakni qo‘yib qo‘ygan. 

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu qo‘ng‘iroqni Shayhontohur tumani Qizil tamg‘a 3-tor ko‘chasi 3-uyda yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Doniyor Xoliqov amalga oshirganligi aniqlanib, uni ushlash choralari ko‘rilgan.​

Mavzuga oid