Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning 4 shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonalari bo‘ladi
Rossiyaning Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon va Rostov-na-Don shaharlarida O‘zbekiston bosh konsulxonalari ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuv vaqtida ma'lum qildi.
«Sankt-Peterburgda bosh konsulxonamiz ochildi. 2017 yilda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda biz federatsiyaning yana 4 federal okrugida bosh konsulliklar ochish to‘g‘risida ish olib bordik. Rossiya hukumati qaroriga ko‘ra, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon va Rostov-na-Don shaharlarida O‘zbekiston bosh konsulxonalari ochiladi», degan u.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Javlon Vahobov Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov, Yekaterinburg, Vladivostok, shuningdek, Qozog‘istonning Olmaota shaharlarida O‘zbekiston konsulxonalari ochilishi haqida ma'lum qilgandi. Keyinroq Peterburgda bosh konsulxona ish boshladi.
Rossiyaning Moskva va Novosibirsk shaharlarida ham konsullik bo‘limlari mavjud.
Mavzuga oid
11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
17:07 / 08.04.2025
AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi
11:34 / 24.03.2025
Abdulaziz Komilov YeIning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori bilan uchrashdi
16:26 / 12.12.2024