Ilon Mask o‘zi asos solgan kompaniyaning direktorlar kengashini tark etdi
Ishbilarmon Ilon Mask 2015 yilda o‘zi tomonidan asos solingan OpenAI kompaniyasining direktorlar kengashini tark etdi. Bunga Tesla bilan bog‘liq muammolarni chetlab o‘tish istagi sabab sifatida keltirilmoqda.
Sun'iy intellektni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi OpenAI nodavlat tashkiloti saytida Ilon Mask direktorlar kengashini tark etayotgani haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Ta'kidlash joizki, kompaniya asoschilaridan biri hisoblangan Mask uning boshqaruvi bilan shug‘ullangan. 2015 yilda Tesla va SpaceX boshqa sarmoyadorlar bilan bir qatorda unga deyarli milliard dollar kiritgan.
Kompaniya blogida aytilishicha, manfaatlar nomutanosibligi sabab Mask kompaniyaning direktorlar kengashidan ketishiga to‘g‘ri kelgan: hozirda Tesla ham, Maskning boshqa kompaniyasi ham sun'iy intellektni tobora ko‘proq o‘rganmoqda.
Xabarda ma'lum qilinishicha, Ilon Mask OpenAI direktorlar kengashidan ketsa ham, loyihani moliyalashtirishda davom etadi.
Mavzuga oid
21:33 / 24.11.2024
Mask o‘z rekordini yangilab, yana tarixdagi eng badavlat insonga aylandi
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
17:36 / 16.11.2024
Windows uchun ChatGPT ilovasidan endi barcha foydalanishi mumkin
17:11 / 15.11.2024