Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pyongchang-2018. So‘nggi kunda o‘ynaladigan barcha medallar
Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tayotgan Qishki olimpiada o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Bugun 25 fevral kuni so‘nggi musobaqalar o‘tkaziladi va kunning ikkinchi yarmida musobaqaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Bugungi kun dasturidan 4ta medallar jamg‘armasi o‘ynaladi. Hozirgacha ikkita sport turida g‘oliblar nomi aniq bo‘lib ulgurdi. Ayollar o‘rtasida kyorling bahslarida Shvetsiya terma jamoasi finalda Janubiy Koreya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, to‘rt kishilik bobsleyda Germaniya terma jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi. Natijada nemislar oltinlari sonini 14taga yetkazib olib, medallar jamg‘armasida Norvegiyadan yetakchilikni tortib oldi.
Shuningdek yana ikkita medallar komplekti o‘z egalarini topishi kerak. Ayni vaqtda hokkey bo‘yicha finalda Rossiyalik olimpiyachi atletlar Germaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib borayotgan bo‘lsa, birozdan so‘ng ayollar chang‘i poygalarida 30 km masofaga mass-startda g‘oliblarni aniqlab olishadi.
Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya
25 fevral kuni o‘ynaladigan barcha medallar
Kyorling
Ayollar
1. Shvetsiya
2. Janubiy Koreya
3. Yaponiya
Bobsley
Erkaklar
To‘rtlik
1. Germaniya
2. Germaniya
2. Janubiy Koreya
Hokkey
Erkaklar
Final
Rossiyalik olimpiyachi atletlar - Germaniya
Boshlangan vaqti – 9:10
Chang‘i poygalari
Ayollar
Mass-start, 30 km
Boshlanish vaqti – 11:15
Umumjamoa hisobida medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami)
1. Germaniya – 14-9-7 (30)
2. Norvegiya – 13-14-11 (38)
3. Kanada – 11-8-10 (31)
4. AQSh – 9-8-6 (23)
5. Niderlandiya – 8-6-6 (20)
6. Shvetsiya – 7-5-0 (12)
7. Janubiy Koreya – 5-8-4 (17)
8. Shveytsariya – 5-6-4 (15)
9. Fransiya – 5-4-6 (15)
10. Avstriya – 5-3-6 (14)
Mavzuga oid
23:34 / 30.11.2023
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga Fransiya kurortlari va AQSh mezbonlik qiladi
20:30 / 16.03.2018
Erdo‘g‘an: Turkiya Olimpiada o‘yinlarini qabul qilishga tayyor
22:25 / 09.03.2018
Pyongchang-2018 Paralimpiya o‘yinlari ochiq deb e'lon qilindi (foto)
15:30 / 28.02.2018