Jahon | 10:00 / 25.02.2018
8497
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada 1 oylik gumanitar tanaffus e'lon qilinadi

BMX Xavfsizlik kengashi Suriya hududida 30 kunlik gumanitar tanaffus joriy etish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi xabar tarqatdi.

Rezolyutsiya matniga ko‘ra, dushman tomonlar 30 kun mobaynida qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatishi va yaradorlarga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning evakuatsiya qilinishiga sharoit yaratib berishi zarur bo‘ladi.

Qayd etilishicha, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi terroristik guruhlarga qarshi harakatlarga taalluqli bo‘lmaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid