Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya hukumati jangarilar hujumidan keyin 110 o‘quvchi qiz yo‘qolgani tasdiqladi
25 fevralda Nigeriya hukumati “Boko harom” radikal guruhi jangarilarining mamlakat shimolidagi Dapchi qishlog‘iga (Yobe shtati) hujumidan keyin 110 o‘quvchi qiz yo‘qolganini tasdiqladi. Bu haqda France-Presse axborot agentligi xabar berdi.
“Federal hukumat Dapchi qishlog‘idagi maktabning 110 o‘quvchisi 19 fevralda jangarilar maktabga bostirib kirgandan keyin topilmaganini tasdiqlay oladi”, deyilgan xabarda.
Yo‘qolgan qizlarning aniq soni shtat va maktab ma'muriyatlari ma'lumotlari taqqoslangandan keyin o‘rnatilgan. 23 fevralda yo‘qolgan qizlarning ota-onalari 105 qiz uyga qaytmaganini ta'kidlashgan.
Nigeriyada shunday hodisa 2014 yil aprelida yuz bergandi. O‘shanda jangarilar Chibok shahridagi litseydan 276 qizni o‘g‘irlab ketishgan. Ulardan 57 nafari qochishga muvaffaq bo‘lgan, 20 nafari Nigeriya hukumati, Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi va Shveytsariya vakillarining jangarilar bilan muzokaralaridan keyin ozod qilingan. 2017 yil 6 mayda yana 82 qiz ozod qilingan. Biroq 100 ga yaqin qizning taqdiri hanuzgacha noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025