Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharqiy G‘utada gumanitar tanaffus e'lon qilindi
Damashq yaqinidagi Sharqiy G‘utada 27 fevraldan e'tiboran gumanitar tanaffus amalda bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma'lum qildi.
Bu qaror BMT Xavfsizlik kengashining Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyasidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘iga ko‘ra qabul qilindi. Tanaffus har kuni soat 09:00dan soat 14:00ga qadar davom etadi.
Tinch aholi vakillari uchun gumanitar yo‘lak ochiladi, yo‘lak koordinatlari belgilab olingan, bu haqda yaqin vaqt ichida ma'lum qilinadi.
Shu bilan birgalikda Shoygu Sharqiy G‘uta yagona ziddiyat o‘chog‘i emasligini ta'kidlagan. U AQSh tomonidan nazorat qilinadigan At-Tanfa va Rukbandagi qochqinlar lagerlarini keltirib o‘tgan.
«Shunday gumanitar yo‘laklar At-Tanfa va Rukbanda ham tashkil etilishi taklif qilinmoqda. Bunday yo‘laklar orqali tinch aholi vakillari o‘z uylariga qaytishlari va tinch hayot boshlashlari mumkin bo‘ladi», degan u.
BMT Xavfsizlik kengashi 24 fevral kuni Suriyada 30 kunlik rejimda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz berdi.
Rezolyutsiya qabul qilingandan 72 soat o‘tib kuchga kirishi lozim bo‘lgan yarashuv rejimi IShID terrorchilik guruhiga qarshi harbiy operatsiyalarga taalluqli bo‘lmaydi.
Hujjat matniga, shuningdek, mojaroning barcha tomonlari, jumladan, Suriya hukumatiga xalqaro gumanitar huquq me'yorlariga rioya etish talablari kiritilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025