Jamiyat | 13:03 / 26.02.2018
12282
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 21 yoshli yigit tanishini pnevmatik miltiqdan otib qo‘ydi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ko‘ngilsiz voqea yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 8 fevral kuni soat 21.00larda Tutzor berk ko‘chasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan S.G‘. uyi oldida “LION brend” rusumli pnevmatik miltig‘ining ichida o‘qi yo‘q deb o‘ylab tepkisini bosgan vaqtida o‘q otilib ketib tanishi, shu ko‘chada yashovchi K.T.ning yuziga tegib, jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid