AQSh: Bu O‘zbekistonning xalqaro sahnaga qaytishi
AQSh O‘zbekiston Afg‘onistonda barqarorlikni ta'minlashda “tarixiy ahamiyat”ga ega, deb hisoblaydi. Bu haqda AQSh davlat departamenti vakili Xezer Nauert Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha o‘tadigan anjuman munosabati bilan aytib o‘tdi.
Toshkentda 26-27 mart kunlari Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro anjuman o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Biz O‘zbekiston Afg‘onistondagi barqarorlikda tarixiy rol o‘ynaydi, deb hisoblaymiz va bu anjumanni O‘zbekistonning xalqaro sahnaga qaytishi deb hisoblash mumkin”, deb aytgan Nauert brifingda.
U Afg‘oniston hukumati kabi AQSh vakillari ham anjumanda ishtirok etishlarini eslatib o‘tgan.
“Bu afg‘onlarning boshchiligidagi va javobgarligi ostidagi tashabbusdir, uchrashuvdan maqsad Afg‘oniston hukumatining tinchlikka erishishdagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida bir qator xalqaro sheriklarni birga uchrashtirishga urinishdir”, deb aytgan Nauert.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
19:32 / 07.11.2024