Jahon | 08:36 / 28.02.2018
17239
2 daqiqa o‘qiladi

Shifokor Shumaxerning real hayotga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi

Foto: SoyMotor.com

Nevrologiya markazi direktori Mark Obermann «Formula-1» afsonaviy poygachisi Mixael Shumaxerning jarohatlardan so‘ng tiklanishi va to‘laqonli hayotga qaytish imkoniyatlari haqida aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Shumaxer 2013 yilda sun'iy komaga tushirib qo‘yilgandi.

«Vegetativ holatda yoki komada to‘rt yildan ortiq vaqt davomida bo‘lgan bemorlarning 30-40 foizi normal hayotga qaytadi. U butunlay tiklanib ketishiga hech qanday kafolat yo‘q, biroq bunday bemorlar hayotga o‘z yaqinlari va do‘stlari yordamida qaytadi, bemor g‘amxo‘rlikni his etishi juda muhim. Bunday holatdagi bemorlar biz o‘ylagandan ko‘proq narsani tushunadi, - qo‘l tegishi yoki ular bilan gaplashish koma yoxud vegetativ holatdan chiqarishga qodir», - deya Obermanning so‘zlarini keltiradi FanPage.it.

49 yoshli Shumaxer «Formula-1»ning yetti karra chempioni sanaladi.

Poygachi 2013 yilning dekabr oyi oxirlarida Meribel (Fransiya)da tog‘ chang‘i sporti bilan shug‘ullanayotganda jiddiy jarohat oldi. Unda bosh miya jarohati va miyaga qon quyilishi yuz bergan.

Mavzuga oid