Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShni «ikki xil standart»likda aybladi
AQSh Turkiyaga BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasini o‘qib chiqishni taklif etish bilan ikki xil standartni namoyish etmoqda. Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ shunday fikr bildirdi. U AQShning o‘ziga rezolyutsiyani qaytadan o‘qib chiqishni maslahat qilgan.
Bundan avvalroq AQSh Davlat departamenti vakili Hezer Nauert «Turkiya BMT Xavfsizlik kengashining Suriya hududida o‘t ochishni 30 kunga to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyasini yana bir bor diqqat bilan o‘qib chiqishi kerakligi»ni aytgandi. U bu orqali turklar Afrinda harbiy harakatlarni davom ettirayotganiga ishora qilgan.
«Biz o‘qib chiqqanmiz. Uni (BMT XK rezolyutsiyasi) ularning (AQSh) o‘zi o‘qib chiqishi kerak. U yerda Afrin haqida so‘z yo‘q. BMT Xavfsizlik kengashining bu qarori terrorchilarga qarshi amaliyotlarga taalluqli emasligi aytilgan, Turkiya esa tinchlikni ta'minlash uchun terrorchilarga qarshi kurash olib bormoqda. Terrorchilarning hammasi terrorchi, ularni yaxshi yoki yomonga ajratish xato. AQSh ikki xil standart ko‘rsatmoqda, bunga indamay qarab turib bo‘lmaydi. «Zaytun novdasi» amaliyoti vaqtida tinch aholi vakillari halok bo‘lgani yo‘q», degan vazir o‘rinbosari jurnalistlarga.
U BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi Turkiyaning Afrindagi harbiy amaliyotlariga ta'sir ko‘rsatmasligini ta'kidlagan.
«Biz bu qarorni mamnuniyat bilan qarshi oldik. Bu qaror Sharqiy G‘utadagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan qarordir... AQSh kabi Turkiya ham terrorchilarni nishonga olgan. Lekin AQSh qarshi kurashmayotgan terrorchilarga qarshi kurashmaslik kerak degan gapda mantiq yo‘q», deya qayd etgan Bekir Bo‘zdog‘.
Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi 20 yanvar kuni Suriya shimolidagi Afrin hududidagi kurd bo‘linmalariga qarshi «Zaytun novdasi» nomli harbiy amaliyotlarni boshladi.
Rasmiy Damashq Turkiyaning Afrindagi harakatlarini keskin norozilik bilan qarshilagan va bu hudud Suriyaning ajralmas qismi ekanini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025