Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda kam ta'minlangan oilalar uchun soliq 10 baravar kamaytiriladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2019 yil 1 yanvaridan e'tiboran mamlakat aholisining ma'lum bir qismiga nisbatan soliq yuklamasi 10 marta pasaytiriladi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.
"Kam ish haqi to‘lanadigan ishchilarning soliq yuklamasini pasaytirish, sezilarli past maosh oluvchi qozog‘istonliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2019 yil 1 yanvaridan boshlab ularning soliq yuklamasini 10 marta pasaytirishni va 1 foiz soliq olishni taklif etaman", - degan Nursulton Nazarboyev Parlamentning ikki palatasi qo‘shma majlisida.
Prezidentning izoh berishicha, bu chora shaxsiy soliqqa tortish amaliyoti bo‘ladi.
"Bunday pasaytirish natijasida paydo bo‘lgan bo‘sh mablag‘lar ularning maoshiga yo‘naltirilishi muhim. Mamlakatdagi yollanma ishchilarning kamida 1/3 qismining maoshi – bu 2 mln kishi demakdir – ish beruvchilarga yuklama qo‘ymasdan ko‘tariladi", - degan Qozog‘iston yetakchisi. "Kelgusida hukumat daromad solig‘ining o‘sib boruvchi shaklini joriy etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi kerak", - degan Nazarboyev.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025