Sport | 10:32 / 05.03.2018
3600
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. "Real Sosedad" va "Valensiya" o‘z uyida g‘alabaga erishdi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionati 27-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. 

O‘z maydonida "Alaves"ni qabul qilgan "Real Sosedad" 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. 

6-daqiqada Moreno hisobni ochgan bo‘lsa, 11-daqiqada Ilyarramendi oradagi farqni 2taga oshirdi. Mehmonlarning yagona goli 39-daqiqada Pedrasa tomonidan kiritildi. 

"Valensiya" o‘z maydonida "Betis"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Rodrigo 23-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 47-daqiqada Dzadza gol urib, mezbonlarga ishonchli g‘alabani ta'minladi. 

Real Sosedad – Alaves 2:1 (2:1, 0:0)

Gollar: 1:0 – 6 Moreno, 2:0 – 11 Ilyarramendi, 2:1 – 39 Pedrasa.
Real Sosedad – Moyya, Odriosola, Lorente, Moreno, de la Belya, Ilyarramendi, Subeldiya, Kanales, Yanuzay (Villian Joze, 68), Bautista (Surutusa, 46), Oyarsabal.
Alaves – Pacheko, Agirregabiria, Laguardia, Eli, Duarte (Peres, 79), Ibai Gomes (Burgi, 80), Torres (Medran, 65), Pina, Pedrasa, Sobrino, Gvidetti.
Ogohlantirish: Duarte (61).

Valensiya – Betis 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 23 Rodrigo, 2:0 – 47 Dzadza.
Valensiya – Neto, Montoyya, Gabriel, Murilo, Gayya, Soler (Koklen, 74), Parexo, Kondogbia, Gonsalu Gedesh, Santi Mina (Dzadza, 37), Rodrigo (Ferran Torres, 84).
Betis – Adan, Mandi, Bartra, Amat (Telo, 83), Barragan (Gerrero, 59), Garsiya, Fabian Ruis, Firpo, Kamarasa (Ruben Kastro, 69), Moron, Sanches.
Ogohlantirishlar: Barragan (44), Montoyya (45), Fabian Ruis (79), Sanches (79), Bartra (82).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid