Jamiyat | 09:41 / 06.03.2018
7831
7 daqiqa o‘qiladi

Buyuk kelajak ekspertlari kengashi: dastlabki ekspertlar aniqlandi

Foto: uzexpertsovet.com

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan respublikada davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida keng ko‘lamli islohotlarning o‘tkazilishi haqida ma'lum qilindi va hozirgi kunda ular jadal amalga oshirilmoqda. Ta'kidlash joizki, yuqorida qayd etilgan vazifalarni izchil amalga oshirish doirasida mamlakat rahbari tomonidan davlatning barcha professional va aqliy salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, bu maqsadlar yo‘lida xorijiy mamlakatlarda yashab-faoliyat yuritayotgan va o‘z sohasida jiddiy yutuqlarga erisha olgan o‘zbekistonliklarni ham jalb etish tashabbusi ilgari surildi.

Joriy yilning boshida Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi shakllana boshladi va kengashda xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan hamda huquq, moliya, sanoat, fan, ta'lim, tibbiyot, ijtimoiy munosabatlar, davlat boshqaruvi sohalarida yetakchi mutaxassislar hisoblangan o‘zbekistonlik ekspertlar ham ishtirok etishlarini ma'lum qildilar.

Buyuk Kelajak ekspertlari kengashining bosh maqsadi mamlakat rahbariyati uchun O‘zbekistonni 2035 yilgacha uzoq muddatli rivojlantirish modeli bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va tayyorlab berishdan iborat.

Model ilg‘or xalqaro tajriba, O‘zbekiston bozorlarining xolisona tahlili va eng muhimi, O‘zbekiston Respublikasidan chiqqan yetakchi mutaxassislarning shaxsiy tajribasi negizida quriladi.

Bugungi kunga kelib, ekspertlar kengashiga a'zo bo‘lgan qator ekspertlar aniqlab olindi. Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Belgiya va Yaqin Sharq mamlakatlarida yashayotgan o‘zbekistonliklar Kengash tarkibiga kirdilar.

Rasmiy saytda joylashtirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi tarkibiga kirganlar:

Alisher Kalonov

«BUYuK KELAJAK» Ekspertlari Kengashi Raisi

Investitsiya divizioni rahbarining o‘rinbosari – «ROSNANO» YoEK UKda Istiqbolli loyihalarni rivojlantirish bo‘limi rahbari, Moskva

Sherzod Yusupov

«Bank Vostochniy» va «Modulbank» mulkdori va direktorlar kengashining a'zosi, Rossiya

Sobir Shodiyev

Eurasian Resources Group (ERG) kompaniyalari xalqaro guruhining Nazorat kengashi raisi maslahatchisi, Ostona

Bahrom Ismoilov

«BUYuK KELAJAK» Ekspertlari Kengashining Ijrochi direktori.

Rossiya Federatsiyasining Huquqni himoya qilish idoralari va maxsus xizmatlari xodimlari Assotsiatsiyasining sud-huquq masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

RF Davlat Dumasi Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish Qo‘mitasining ekspertlari kengashi a'zosi

Dilbar Fayziyeva

Birinchi kanaldagi «Dobroye utro (Xayrli tong)» dasturi boshlovchisi, Moskva

Shavkat Qodirov

Tibbiyot fanlari nomzodi, neyrojarroh, akademik N.N.Burdenko nomidagi Milliy neyrojarrohlik tibbiy-tadqiqot markazida bolalar jarrohi, Moskva

Aleksandra Begayeva

«Begayeva i Partnery (Begayeva va Hamkorlar)» YuB asoschisi va boshqaruvchi hamkor, yuridik fanlar nomzodi, professor, doktorant, O.Ye.Kutafin nomidagi MDYuA tadbirkorlik huquqi o‘qituvchisi, Moskva

Ilhom Ismoilov

plov.com asoschisi, har yili o‘tkaziladigan «Yosh milliarder maktabi 2016» Forbes startaplari tanlovi g‘olibi

Yaroslav Podsevatkin

«ATON» Investitsiya kompaniyasi treydingi rahbari, hamkori, Moskva

Oybek Shayxov

Strategik biznes boshqaruvi va muzokaralar olib borish sohasida mustaqil ekspert. Neft-gaz tarmog‘ida 12 yildan ziyod muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega, Bryussel

Timur Jumaniyozov

Moneymatika.ru moliyaviy supermarketi asoschisi va marketing bo‘yicha direktor, Moskva

Jamshid Rustambekov

«Eversheds Sutherland (International) LLP» xalqaro yuridik firmasida katta huquqshunos, London

Diana Bayzakova

BAA Xalqaro Hakamlik sudida xalqaro hakam, «Merritz» yuridik kompaniyasi hamkori, BAA

Nodirjon A'zamxo‘jayev

«Moy Gorod (Mening shahrim)» MChJning axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori, hammuassisi, «Vychislitelnyye sily» YoAJda yetakchi dasturchi, Moskva

Musa Xaitov

Rossiyalik olim-immunolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, RFAning muxbir a'zosi (2016). Rossiya FTBA «Immunologiya instituti DIM»ning direktor vazifasini bajaruvchisi

Odilbek Isoqov

HSBC Bankida Qarz kapitali bozorida mijozlar bilan ishlash bo‘yicha boshqaruvchi direktor, London

Habib Abdullayev

«RIKOR» texnoparki bosh direktori. Moskvadagi O‘zbek milliy-madaniy muxtoriyati raisi

Muzaffar Otamirzayev

«Mejdunarodnyy Tsentr Kreditovaniya (Xalqaro kreditlash markazi)» MChJ MMK hammuassisi, Rossiya mikrokreditlash bozorida 10 yildan ziyod muvaffaqiyatli biznes yuritish tajribasiga ega, Rossiya

Gavharxon Saitazizova

London Xalqaro Hakamlik sudida maslahatchi, MDH va Yaqin Sharqdan chiqqan tomonlar ishtirokidagi munozaralar uchun mas'ul, London

Nuri To‘rayev

Rossiyada yirik mustaqil tabiiy gaz ishlab chiqaruvchisi va zaxiralari bo‘yicha dunyoda 3-o‘rindagi «NOVATEK» OAJning biznesni birlashtirish, singdirish va rivojlantirish bo‘yicha yo‘nalishlar rahbari

Laziz Zikiryoxo‘jayev

LUKOYL Mid-Ist Limitedning korporativ-huquqiy masalalari bo‘yicha guruh rahbari/Yuridik masalalar bo‘yicha direksiya, Yaqin Sharq

Ibrohim Musayev

Calatrava Grace Corporation (CGC) hamkori va rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori, Nyu-York

Sirojiddin Zayniddinov

Rossiya Ichki Auditorlar Institutining Sankt-Peterburg shahri mintaqaviy markazi rahbari

Kamila Ismoilova

Ernst & Young ofisida katta soliq maslahatchisi, Kanada

Shoabbos Shomansurov

Tabiiy Resurslar Yevroosiyo kompaniyasida MDH va Osiyo mamlakatlari bo‘yicha biznesni rivojlantirish bo‘limi koordinatori

Ulug‘bek Tillayev

Bank sohasida maslahat-loyihalar rahbari. Moliya institutlari guruhi Yevropa va Markaziy Osiyo Departamenti Xalqaro moliyaviy korporatsiya (Jahon banki guruhi)

Farruh Abdullaxonov

Direktor, KPMG moliyaviy jinoyatchilikka qarshi harakatlar bo‘yicha maslahatlar berish Guruhi rahbari, Moskva

Berdibek Ahmedov

PIMCO ijrochi vitse-prezidenti, 1,7 trillion AQSh dollari aktiviga ega qimmatli qog‘ozlarni boshqaruvchi dunyoda eng yirik kompaniyalardan biri, London.

Yana shuni ta'kidlash kerakki, Buyuk Kelajak ekspertlar kengashining shakllanishi davom etmoqda.

Buyuk Kelajak ekspertlari kengashining ijrochi direktori – Bahrom Ismoilovning izohlashicha, ekspertlar kengashi O‘zbekiston – 2035 platformasida keng ekspertlar hamjamiyatini qaror toptirish maqsadida butun dunyo bo‘ylab yashayotgan yuqori malakali vatandoshlarimizni izlashni davom ettirmoqda.

Yana shu narsa ma'lum bo‘ldiki, 2018 yilning bahorida Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi tomonidan xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda tashkillashtirilgan birinchi forum bo‘lib o‘tadi, unda O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirishga mo‘ljallangan uzoq muddatli modelining muhim yo‘nalishlarini ochiq muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli modeli bo‘yicha takliflar shakllantirib bo‘lingach, ular O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.