Qozog‘istonda yana YTH, ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
5 mart kuni soat 10:50 da Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti Olke posyolkasi hududida «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘li 778-kilometrida Sankt-Peterburgdan Toshkentga harakatlanib kelayotgan Opel Astra (raqami 505 198 RUS) yengil avtomobilining «KAMAZ» rusumli (D 432 ADA 04) yuk mashinasiga to‘qnashib ketishi oqibatida O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.
Halok bo‘lganlar: Zohidjon Mansurovich Isoqov (1978 yilda tug‘ilgan, haydovchi) va Qodirjon Komilovich Yo‘ldoshev (1975 yilda tug‘ilgan, yo‘lovchi). Andijon viloyati Asaka tumani «O‘zbekiston» QFY Do‘rmon ko‘chasida istiqomat qilishgan. Ularning jasadlari Aqto‘bega yetkazilgani aytilmoqda.
FVV TIV, IIV va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi bilan aloqada halok bo‘lganlar jasadlarini vatanga qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda.
O‘zbekiston FVVning tezkor aloqa raqamlari: (+99871) 147−10−50.
Mavzuga oid
07:30 / 05.11.2024
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
23:10 / 02.11.2024
Qozog‘istonda «zamonaviy ko‘chmanchilar» uchun yangi viza turi joriy etildi
17:12 / 02.11.2024