Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yili oilaviy nizolar 190 dan ortiq qotillikka sabab bo‘ldi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonda 2017 yilda oilaviy nizolar oqibatida sodir etilgan 191 ta qotillikdan 62 holatda er xotinining joniga qasd qilgan bo‘lsa, 10 tasida xotin erini o‘ldirgan. 119 tasida aka-ukani, opa-singilni, qaynona kuyovni, pochcha qaynisining joniga qasd qilib, o‘ldirgan holatlar qayd etilgan. XPKning 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burhonov shu haqda ma'lum qildi.

“Viloyatlar kesimida olinsa, Samarqandda 27 ta, Toshkent shahrida 24, Toshkent viloyatida 22 ta, Farg‘onada 21 ta qotillik oilaviy janjallar oqibatida sodir etilgan. O‘tgan yili qayd qilingan 73 ming 692 ta jinoyatdan 9,5 mingdan ortig‘i, ming afsuski, ayollar tomonidan sodir etilgan. Bu borada viloyatlar kesimida Farg‘onada ayollar tomonidan 1 625 ta, Toshkent shahrida 1592, Toshkent viloyatida 1402, Samarqandda 1066, Andijonda 972, Namangan 751 ta jinoyat sodir etilgan”, - dedi Burhonov.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025