Jamiyat | 20:46 / 09.03.2018
10741
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta'lim tizimi yo‘nalishida O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi 

2018 yilning 7-8 mart kunlari Toshkentda O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir mamlakatimizga O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi faxriy konsuli, Evergeen Motor Group raisi Kim Chang Kyon boshchiligidagi Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari delegatsiyasi tashrifi doirasida tashkil etildi.  

Ushbu tashrif doirasida 8 mart kuni Maktabgacha ta'lim vaziri  Agrepina  Shin Sidjon universiteti vitse raisi va Bosh direktori Jun Xo Park, New Millennium Construction prezidenti  Xe Su Jyeng, ushbu kompaniya Bosh direktori Chay Chun In, Play Time raisi va Bosh direktori Kyung Sik Chun, Evergreen Motors Group direktori Yun Cheol Kim, «Fordifreym» kompaniyasi Bosh direktori Iris Yang, shuningdek ATTOCUBE  kompaniyasi vakili Etan Xan bilan uchrashdi.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri maslahatchisi Yun Se Kim va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi Yun Tek Rim ham ishtirok etdi. 

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi


Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sidjon universiteti, New Millennium Construction va ATTOCUBE kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi, «Fordifreym» kompaniyasi bilan esa hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

 

Mavzuga oid