Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Messisiz ham g‘alaba qozondi
«Barselona» Ispaniya chempionatining 28-turida «Malaga»ni mag‘lub etdi. Malagadagi «La-Rosaleda» stadionida o‘tgan uchrashuv mehmon jamoa foydasiga 0:2 hisobida yakunlandi.
Katalonlar klubining ikkala goli ham 1-bo‘limda urildi. Luis Suares hisobni ochdi, so‘ngra Filippe Koutino o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
Uchrashuvning 30-daqiqasida hakam «Malaga» yarim himoyachisi Sama Garsiyani «Barselona» himoyachisi Jordi Albaga nisbatan qo‘llagan qo‘polligi uchun maydondan chetlatgan.
Qayd etish kerakki, mehmonlar safida shu kuni jamoa yetakchisi Lionel Messi maydonga tushmadi. U oilasida uchinchi farzand tug‘ilishi munosabati bilan o‘yinni o‘tkazib yubordi.
Endilikda «Barselona» 28 turdan keyin 72 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Malaga» 13 ochko bilan musobaqa jadvalida oxirgi o‘rinda qolgan.
Ispaniya Primerasi
28-tur
Malaga – Barselona 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 15 Suares, 0:2 – 28 Koutino.
Malaga – Roberto, Rosales, Ernandes, Mikel, Rikka, Samu, Iturra, Lasen, Chori Kastro (Lestenn, 61), Rolan (Saksess, 78), En-Nesiri (Ideyye, 78).
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto (Andre Gomesh, 74), Pike, Umtiti, Alba (Din, 77), Rakitich, Buskets, Paulino, Dembele (Aleish Vidal, 85), Suares, Koutino.
Ogohlantirishlar: Iturra (49), Suares (84).
Chetlatish: Samu (30).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025