Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YPX xodimlari “pistolet” radarlardan foydalanishi mumkinmi?
Magistral yo‘llarda “pistolet” radarlardan foydalanish mumkin emas. Chunki ular IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi foydalanuvidan chiqarilgan. Xalqaro Press klubning 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov jurnalist savoliga javob berar ekan, shu haqda ma'lum qildi.
“YPX xodimlari tomonidan xalq tilida “pistolet” deb ataladigan avtomobil tezligini o‘lchovchi qurilmalardan foydalanish mumkin emas, bu holat noqonuniy hisoblanadi. Chunki vazirlikning tegishli boshqarmasi tomonidan bu turdagi qurilmalar foydalanishdan olingan. Shu sababli bunday qurilmalarga ega YPX xodimlariga duch kelinsa, ishonch telefonlariga murojaat qilish mumkin”, - dedi Erali Bozorov.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
16:46 / 16.05.2025