Fan-texnika | 08:16 / 12.03.2018
6800
3 daqiqa o‘qiladi

3D-printerlarda noyob protezlarni yaratish usuli o‘ylab topildi

Foto: Unlimited Tomorrow

AQShda istiqomat qiluvchi 22 yoshli ixtirochi yirik korporatsiyalar bilan hamkorlikda noyob protezlarni yaratmoqda. Iston LaShapel birinchi robotlashtirilgan qo‘l protezni 14 yoshida tayyorlagan, oradan sakkiz yil o‘tib esa zamonaviy texnologik protezlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Unlimited Tomorrow kompaniyasiga asos soldi.

Bugungi kunda uning kompaniyasi Microsoft, Dassault Systèmes va Stratasys kabi texnologik gigantlar bilan hamkorlik qilyapti, hamda ishlab chiqarishni kengaytirmoqda. Xususan, Stratasys Unlimited Tomorrow bilan birgalikda uch o‘lchamli bosma xizmati bo‘yicha eksklyuziv hamkor-provayder kompaniyaga aylantirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borishni tashkil etmoqda.

Unlimited Tomorrow’ning yakuniy maqsadi 3D-printer yordamida robotlashtirilgan protezni ishlab chiqish, u bozordagi boshqa mahsulotlardan ancha arzonroq turishi kerak va insonning ehtiyojlariga ideal darajada mos tushishi lozim.

«Agarda ba'zi gaykalar, boltlar va elektron mexanizmlar hisobga olinmasa, unda qurilma butunlay 3D-printerda yaratiladi», - deydi LaShapel.

Bu shunchaki protez emas. Stratasys kompaniyasi 3D-printerlarida qo‘llaniluvchi PolyJet texnologiyasi Unlimited Tomorrow’ga inson terisi rangi va hattoki sepkil kabi o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan robotlashtirilgan qo‘lni yaratish imkonini beradi. Bu qo‘llar magnit «tirnoqlar»ga ham ega, ularda manikyur qilish mumkin. Shuningdek, robotlashtirilgan qo‘lni masofadan turib quvvatlantirish imkoni bor, uning taktil aloqasi foydalanuvchiga yuzani sezish imkonini beradi.

Kompaniya o‘z modelini birinchi prototip yordamida tekshirdi – endi u keng ko‘lamda ishlab chiqarilishga tayyor. Unlimited Tomorrow Indiegogo kraudfanding platformasi bilan hamkorlikda mablag‘ yig‘ish bo‘yicha kampaniyani ishga tushirdi va 2018 yilning oxirigacha 100ta shunday protezni yaratmoqchi. Kelajakda kompaniya individual mahsulotlarni tez tayyorlash imkonini taqdim etadigan jarayonni ishlab chiqmoqchi.

Mavzuga oid