Xitoy televideniyesidagi hamisha yosh boshlovchi 1996 va 2018 yillarda
Xitoy markaziy televideniyesi 8 mart kuni Weibo ijtimoiy tarmog‘ida 20 yildan ortiq vaqt davomida bir ayol — Yang Den tomonidan olib boriluvchi ob-havo prognozi ko‘rsatuvlarining ayrim sonlarini havola qildi.
Ko‘p foydalanuvchilar 1996 yilda karerasiga start bergan boshlovchi (o‘shanda u 23 yoshda bo‘lgan) 2018 yilga kelib deyarli o‘zgarmaganini qayd etishgan. Ba'zilar uni "yoshlik timsoli" deb atashgan bo‘lsa, boshqalar so‘nggi yigirma yildagi barcha ob-havo prognozlari bir kunda yozilgan, deya taxmin qilishdi.
Yang Denning tashqi ko‘rinishiga Xitoy Markaziy televideniyesi xodimlari ham e'tibor qaratishdi. U Xitoy kommunikatsiyalar universitetini tamomlagach, bir yildan so‘ng TVga ishga kelgan.
"Ko‘p teletomoshabinlar uning shousida ulg‘ayishgan. Tomoshabinlar nima uchun ular qariyotgani, ayol esa hamisha yosh turishidan ajablanishgan. Boz ustiga, u borgan sari yosharib borayotgandek go‘yo".
XMTVning Weibo'dagi sahifasidan
Mavzuga oid

16:49
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi

14:49
Xitoyda yadroviy bo‘lmagan vodorod bomba sinovdan o‘tkazildi

10:37
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi

15:22 / 19.04.2025