Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «Kinjal» gipertovushli raketa sinovdan o‘tkazildi
Rossiya havo-kosmik kuchlarining MiG-31 qiruvchisi “Kinjal” yuqori aniqlikdagi aviatsiya raketa kompleksi gipertovushli raketasini sinov tarzida uchirdi. Samolyot Janubiy harbiy okrugdagi aerodromdan uchgan, deb xabar berdi RF Mudofaa vazirligi «VKontakte»da. Mahkama videoni ham joylashtirgan.
Ta'kidlanishicha, sinov muvaffaqiyatli o‘tdi – raketa poligondagi belgilangan obektni aniq nishonga olgan. Sinov davomida «Kinjal»ning taktik-texnik jihatlari va vaqt ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi gipertovushli raketalar armiyaga topshirilgani haqida 1 mart kuni, Federal yig‘ilishga murojaati vaqtida xabar berdi. Uning ta'kidlashicha, komplekslar dunyodagi bironta ham shunday majmuaga o‘xshamaydi.
Modernizatsiya qilingan tutib oluvchi qiruvchilar jihozlanadigan gipertovushli "Kinjal" tizimi raketalari ehtimoliy dushmanning aviatashuvchilari, esminetslari va kreyserlariga zarba berishi mumkin.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025