Britaniya Rossiya bilan barcha ikki tomonlama aloqalarni to‘xtatmoqda
Britaniyalik yuqori mansabli amaldorlar va qirollik oilasi a'zolari Rossiyadagi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bormaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey parlamentdagi eshituvlar vaqtida xabar berdi.
Britaniya Rossiya bilan muloqotni butunlay uzishdan manfaatdor emas, biroq mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi, deya ma'lum qildi Tereza Mey.
Shuningdek, Buyuk Britaniya Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga Londonga tashrif buyurish bo‘yicha yuborilgan taklifnomani bekor qildi.
Meyning bildirishicha, Buyuk Britaniya Rossiya bilan barcha ikki tomonlama aloqalarni to‘xtatmoqda.
«Bizda Rossiya bilan munosabatlarda juda oddiy yondashuv: «Ishon, lekin tekshir». Biz Rossiya va Britaniya o‘rtasida yuqori darajadagi barcha rejalashtirilgan ikki tomonlama aloqalarni to‘xtatamiz», - deya aytib o‘tdi u.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga tegishli xususiy samolyotlarni tekshirishni kuchaytiradi, shuningdek, Birlashgan Qirollik xavfsizligiga tahdid haqida ma'lumot paydo bo‘lsa, barcha davlat aktivlarini muzlatib qo‘yadi.
Avvalroq Buyuk Britaniya rossiyalik 23 diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024