Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada erkak soxta valyuta ayirboshlash shoxobchasida 1 mln dollaridan ayrildi
Moskva politsiyasi dollarlarini rubllarga almashtirgani valyuta ayirboshlash shoxobchasiga kelgan erkakdan 1 mln dollar o‘g‘irlashda gumon qilinganlarni ushladi.
Jabrlanuvchining aytishicha, u shoxobchaga katta miqdordagi valyutani rublga almashtirgani o‘z tanishlari bilan kelgan. Erkak pullar solingan sumkani shoxobcha xodimiga bergandan keyin u go‘yoki pullarni sanab olishi kerakligi vaji bilan darchani yopib qo‘ygan va pullar bilan birga zaxira chiqishdan qochib qolgan.
Politsiya 43 va 46 yoshli ikki erkak shoxobcha joylashgan xonani ijaraga olganini aniqlagan. Ularda valyuta ayirboshlash amaliyotlarini bajarish uchun ruxsatnomalar bo‘lmagan.
“Jinoyatchilarning sheriklari jabrlanuvchiga ushbu shoxobchani eng maqbul kursga ega shoxobcha sifatida tavsiya qilishgan”, deb aytilgan ichki ishlar vazirligi xabarida.
Gumonlanuvchilarga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining “Bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan yoki o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutiladi.
Huquq-tartibot idoralari ushbu firibgarlikka aloqador bo‘lgan qolgan shaxslarni qidirishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025