Joze va g‘amginlik. «MYu» YeChLni tark etdi
«Manchester Yunayted» Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak finali javob uchrashuvida sensatsion ravishda «Sevilya»ga yutqazdi va turnirni tark etdi.
MANCheSTeR YuNAYTeD – SeVILYa – 1:2 (0:0)
Gollar: Ben Yyedder, 74 (0:1). Ben Yyedder, 78 (0:2). Lukaku, 84 (1:2).
«Manchester Yunayted»: de Xea, Valensiya (Mata, 77), Bayi, Smolling, Yang, Reshford, Matich, Fellayni (Pogba, 60), Lingard (Marsyal, 77), Sanches, Lukaku.
«Sevilya»: Riko, Merkado, Ker, Langle, Eskudero, Sarabiya, N`Zonzi, Banega, Vaskes (Pisarro, 88), Korrea (Gays, 89), Muriel (Ben Yyedder, 72).
Ogohlantirishlar: Banega, 5. Ben Yyedder, 80. Korrea, 88. Sarabiya, 90.
Hakam: Makkeli (Gollandiya).
13 mart. Manchester. «Old Trafford» stadioni.
Birinchi o‘yin – 0:0.
Sevilyadagi o‘yinda «Manchester Yunayted»ni de Xea qutqarib qolgandi. Shu sababli Manchesterdagi javob o‘yinidan oldin barcha ispaniyalik «sakkizoyoq» haqida gapira boshladi.
Masalan, «Liverpul»ning sobiq sardori Stiven Jyerrard BT Sport efirida shunday dedi: «Mendan David uchun eng yaxshi kompliment shunday: undan nafratlanaman». «Sevilya»ning ingliz tilida yuritiladigan tvitterida esa darvozabonga hazil qilindi: «Ey, de Xea! O‘zingni jahon chempionati uchun asraganing yaxshi! Rahmat».
Birinchi bo‘limda ispaniyalik darvozabon o‘zini ko‘rsatishiga hojat bo‘lmadi - «Sevilya» to‘pga egalik qilishni istamadi, to‘p «Manchester Yunayted»ga ham kerak emasdi. O‘tgan haftada «Liverpul»ga qarshi o‘yinda «Manchester Yunayted» maydonda ikkinchi raqam ostida harakat qilgan holda muvaffaqiyatga erishgandi. Bu o‘yinda ham shunday bo‘lishi kutilgan ish edi.
Ammo Fellaynining o‘yin uchun soch turmagi kutilmagan hol bo‘ldi. Shu kuni jurnallardan biri belgiyalik futbolchi ishtirokidagi fotosessiyani e'lon qildi, unda futbolchi Mikki Maus ko‘rinishida edi.
Futbolchi andalusiyaliklarga qarshi o‘yinga odatdagi ko‘rinishda qaytdi. Birinchi bo‘limda u jamoasining eng yaxshilaridan biri bo‘ldi, Sanches bilan kombinatsiya uyushtirib, zarba berish nuqtasiga chiqib bordi, ammo uning zarbasini Riko bartaraf etdi.
«Sevilya» birinchi bo‘limda o‘nlab zarbalar berdi, ammo barchasi xato ketardi. Tanaffusdan keyin esa Vinchentso Montella jamoasi o‘yinni kuchaytirdi, chunki futbolchilar bunaqa «MYu»ni «bosib tashlash» mumkinligini his qilishgandi. Ikkinchi bo‘lim boshida Karrera ajoyib imkoniyatga ega bo‘lgandi, ammo Bayi o‘zini ko‘rsatib, argentinalik futbolchining oyoqlari ostidagi to‘pni olib ketdi.
60-daqiqadan keyin «Yunayted»da Pogba Fellayni o‘rnini egalladi. Ammo jamoa o‘yinida kuchayish bo‘lmadi. Aksincha, fransiyalik futbolchi bir necha xato paslari bilan jamoa hujumini to‘xtatib qo‘ydi. «Sevilya»ning jokeri Vissam Ben Yyedder yana o‘zini ko‘rsatdi. U zaxiradan o‘yinga qo‘shilishi bilan hujumlar soni ortdi va u o‘yin yakuniga 25 daqiqa qolganida «Manchester Yunayted»ning chorak finalga chiqish haqidagi orzularini ko‘mib tashladi. Bu safar de Xea ham qutqarib qola olmadi.
«Manchester Yunayted»ga bir gol ham turnirni tark etishi uchun kifoya qilardi (1:1 hisobidagi mag‘lubiyat ham ispanlarni keyingi bosqichga olib chiqardi). Buni bilsada, Mourino 0:0 hisobini ushlab turishga harakat qildi va bu qarori uchun afsuslandi.
Mavzuga oid
16:05 / 08.11.2024
«Old Trafford»da «Amorim-bol»: Yangi murabbiy qo‘l ostidagi «MYu» qanday taktik yechimlar taqdim etadi?
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
16:20 / 02.11.2024
«MYu»da yangi bosh murabbiy. Klub Ruben Amorimni tanlashiga 4 sabab
17:38 / 28.10.2024