Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda AQSh harbiy vertolyoti falokatga uchradi
IShIDga qarshi kurashuvchi AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroq g‘arbida AQShning harbiy vertolyoti qulaganini tasdiqladi.
Avvalroq CNN telekanali AQSh qo‘mondonligiga iqtibos keltirgan holda, AQSh harbiy vertolyoti Iroqning Suriya bilan chegarasida qulaganini ma'lum qilgan. Vertolyot bortida 7 kishi bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, HH-60 Black Hawk turidagi vertolyot urib tushirilmagan.
“AQSh harbiy vertolyoti amerikalik harbiylar bilan Iroq g‘arbida falokatga uchradi. Qutqaruvchilar jamoalari falokat joyiga yo‘l olmoqdalar. Voqea sababini aniqlash uchun tergov boshlanadi”, deb aytilgan koalitsiya matbuot xizmatida.
HH-60 Black Hawk vertolyoti AQShning ko‘p maqsadli Black Hawk vertolyotining modifikatsiyalaridan biri bo‘lib, harbiylarni evakuatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan.
ABC telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, bu 2014 yilda IShIDga qarshi amaliyot boshlangan vaqtdan beri AQSh vertolyotining Iroqda ilk falokatga uchrashidir.
Ayni vaqtda Iroqda 5,2 mingga yaqin amerikalik harbiy bor bo‘lib, ular asosan Iroq armiyasi va xavfsizlik kuchlariga terrorchilarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatadilar.
Mavzuga oid
19:09 / 15.04.2025
Iroqda kuchli qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatildi
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
17:24 / 03.02.2025
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi
17:34 / 31.01.2025