Jahon | 22:00 / 18.03.2018
6617
2 daqiqa o‘qiladi

Filippin prezidenti qolgan davlatlarni Xalqaro jinoyat sudidan chiqishga chaqirdi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Xalqaro jinoyat sudining ta'sis shartnomasi hisoblanuvchi Rim maqomini imzolagan davlatlarni kelishuvni bekor qilishga chaqirdi. U bu haqda Filippin shimolidagi harbiy akademiya kadetlari oldidagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Men shartnomani imzolagan barcha davlatlarni Xalqaro jinoyat sudini tark etishga chaqiraman. Bu hujjatni hech kim tayyorlamagan, bu Yevropa Ittifoqi tomonidan taklif qilingan kelishuv”, deb aytgan Duterte.

Duterte 14 mart kuni Rim maqomi ratifikatsiyasi qaytarib olinishini e'lon qilgan. Bunga Xalqaro jinoyat sudi prokuraturasi fevralda Filippindagi vaziyatni o‘rganishni boshlash qarorini qabul qilgandan keyin qaror qilingan. Sud prokurori Fatu Bensudaning aytishicha, 2016 yil 1 iyuldan giyohvand moddalar tarqatilishiga qarshi kurash kampaniyasi bilan bog‘liq amalga oshirilgan jinoyatlar” tahlil qilinadi. Prokuror ma'lumotlariga ko‘ra, bu kurash davomida giyohvand modda qabul qilganlik va sotganlik uchun ming kishi o‘ldirilgan, gap ba'zi hollarda politsiya amaliyotlari davomida sudsiz va tergovlarsiz qatl etishlar haqida ketmoqda.

Mavzuga oid