Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rekord! «Navbahor» – «Lokomotiv» o‘yinida stadion 115 foizga to‘ldi
Superliganing 3-turida Namanganning «Navbahor» klubi amaldagi chempion «Lokomotiv»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Namangandagi “Markaziy” stadionda kechgan ushbu bahsga 25300 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu hozircha joriy mavsumdagi stadionga muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord natijadir, deb yozmoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti.
Aslida Namangandagi stadionga 21913 nafar muxlis sig‘dira oladi. Lekin kecha katta futbolni sog‘ingan muxlislar sevimli jamoalari ishtirokidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun tribunalar zinalari, uning atroflaridan joy olishdi.
Namangandagi mavsumning ochilish marosimida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan birga Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov, Namangan shahri hokimi, “Navbahor” klubi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etdi.
Mavzuga oid
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
21:38 / 19.07.2024
«Navbahor» Samvel Babayan o‘rniga yangi bosh murabbiyni e’lon qildi
14:32 / 29.06.2024
Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi
12:13 / 17.06.2024