Sport | 02:08 / 19.03.2018
7071
2 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. "Leyptsig" o‘z tarixida ilk bor "Bavariya"ni yengdi

Foto: Twitter/RBLeipzig_EN

Germaniya chempionatining 27-turida kutilmagan natija qayd etildi. 

"Leyptsig" maydoniga safar qilgan "Bavariya" kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi. 

12-daqiqada Vagner gol urib, "Bavariya"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada Keyta hisobni tenglashtishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 11-daqiqadasida esa Verner jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi. 

Shuni qayd etish kerakki, 2009 yilda asos solingan "Leyptsig" o‘z tarixiga ilk marotaba "Bavariya" ustidan g‘alaba qozondi. 

RB Leyptsig – Bavariya 2:1

Gollar: 0:1 – 12 Vagner, 1:1 – 37 Keyta, 2:1 – 56 Verner.
RB Leyptsig – Gulachi, Laymer, Upamekano, Konate, Keyta (Forsberg, 69), Ilzanker, Zabittser (Verner, 10; Ogyusten, 83), Kampl, Bruma, Demme, Poulsen.
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Bernat (Riberi, 61), Rudi, Kimmix (Rafinya, 79), Xames (Levandovski, 72), Vidal, Myuller, Vagner.
Ogohlantirishlar: Kampl (34), Rudi (40), Zyule (42), Keyta (63), Riberi (63), Gulachi (82), Levandovski (82).

Mavzuga oid