O‘zbekiston | 13:56 / 20.03.2018
11823
2 daqiqa o‘qiladi

"O‘zbek milliy taomlari mahorat darslari markazi" ochildi

19 mart kuni Toshkentdagi "Bog‘i Eram" restoranida "O‘zbek milliy taomlari mahorat darslari markazi" ochilishi bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi ostida mahalliy turoperatorlarning xorijlik sayyohlarni mamlakatimizning an'analar va  madaniyati, xususan milliy oshxonasi bilan tanishtirishlariga ko‘maklashish maqsadida  tashkil etildi.

Foto: Maqsad Jangirov

G‘oyaga ko‘ra, bu yerda har kuni o‘z ishining ustasi bo‘lgan  oshpazlardan kulinariya bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi. Sayyohlar va mehmonlar bu qiziqarli jarayonlarni kuzatib, mashhur o‘zbek taomlarining tayyorlanishida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

"O‘zbek milliy taomlari bo‘yicha mahorat darslari markazi" ochilish kunida mehmonlarni Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan rang-barang shou-dasturlar bo‘lib o‘tdi. Kun davomida bu yerda o‘zbek taomlari "sultoni" palov hamda sumalak tayyorlandi.

Foto: Maqsad Jangirov
Foto: Maqsad Jangirov
Foto: Maqsad Jangirov

Bir vaqtning o‘zida mashhur oshpazlar va turizm sohasidagi yetuk mutaxassislar tomonidan "kulinariya bo‘yicha mahorat darslari marafoni" o‘tkazildi. Karnay-surnay sadolari, taniqli xonandalar va musiqiy jamoalar ijrosidagi qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Foto: Maqsad Jangirov
Foto: Maqsad Jangirov
Foto: Maqsad Jangirov

Bundan tashqari, masxarabozlarning chiqishlari va bolaligimizdan bizga tanish bo‘lgan an'anaviy xalq o‘yinlari barchani xushnud etdi.

Foto: Maqsad Jangirov

Mavzuga oid