Jamiyat | 17:02 / 21.03.2018
25947
2 daqiqa o‘qiladi

"Nasriddin Afandi" obrazi sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda

Buxoroning qadimiy qismidagi Turizm pavilonida bir oyoqda o‘tirgan "Nasriddin Afandi" obrazi paydo bo‘ldi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari KUN.UZ'ga shu haqida ma'lum qilishdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bundan avval, shaharda muallaq holatdagi allomalar va munajjimlarning paydo bo‘lgani haqida xabarlar berilgan edi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Ta'kidlash joizki, muallaq allomalar va Nasriddin Afandi obrazlari mahalliy aholi va chet ellik sayyohlarning qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda. Zero ayni damda O‘zbekistonda Navro‘z bayrami nishonlanib, yurtimizning barcha shaharlarida ko‘plab xorijiy sayyohlar oqimi kuzatilmoqda.

Mehmonlar Buxoro shahridagi “Mohi Xossa” saroyi, “Somoniylar” maqbarasi, “Chashmayu-ayub”, “Poyi Kalon”, “Labi hovuz” majmualari, “Ark” qo‘rg‘oni, savdo toqlari va boshqa ko‘plab diqqatga sazovor joylar bilan tanishishmoqda. O‘lkamizda bayram tantanalari davom etmoqda.

Mavzuga oid