Jamiyat | 15:30 / 21.03.2018
10797
2 daqiqa o‘qiladi

"Navro‘z" munosabati bilan Buxoroga sayohatlar tashkil etilmoqda

Ichki turizmni rivojlantirish yo‘lida aholining O‘zbekiston bo‘ylab sayohati qiziqarli tadbirlarga boy bo‘lmoqda. Joriy yilning 19-20 mart kunlari “Anor Travel” turistik kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining bir guruh sayohatchilarining Buxoroga tashrifi tashkil etildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 

Mehmonlar Buxoro shahridagi “Mohi Xossa” saroyi, “Somoniylar” maqbarasi, “Chashmayu-ayub”, “Poyi Kalon”, “Labi hovuz” majmualari, “Ark” qo‘rg‘oni, savdo toqlari va boshqa ko‘plab diqqatga sazovor joylar bilan tanishishdi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Sayyohlar 20 mart kuni Buxoro shahridagi “Qadimiy va boqiy Buxoro” majmuasi hududida tashkil etilgan “Navro‘z” bayrami sayli va tantanalarida ham qatnashib, teatrlashgan tomoshalar, rassomlar ijodi, konsert va xalq o‘yinlarini tomosha qilishdi, ularga milliy taomlar va shirinliklar ulashildi. Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan sayohatchilar bayram kunlari Buxoroda tashkil etilgan shodiyonalardan g‘oyat mamnun bo‘lishdi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Buxoroda Navro‘z bayrami va qiziqarli sayohatlar davom etmoqda. 

 

Mavzuga oid