Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari: Oltinchi yil ketma-ket Singapur birinchi
Eng baland aeroport, 24 soat faoliyat ko‘rsatuvchi bepul kinoteatr, tom qismida suzish havzasi va kapalaklar parkiga ega Singapurning Changi aeroporti dunyoning eng yaxshi aeroporti deya tan olindi.
Changi aeroporti o‘zining to‘rt terminalidagi qulayliklar sabab to‘qqizinchi marta Skytrax’s World Airport Awards'ning eng yaxshi aeroportlari qatoridan o‘rin olmoqda.
Janubiy Koreyaning Inchxon aeroporti va Tokiodagi Xaneda ham yetakchilar uchligidan o‘rin oldi.
Har yili topshiriladigan Skytrax’s World Airport Awards mukofoti mijozlarning u yoki bu aeroportdan mamnunlik darajasiga bergan bahosiga asoslangan.
Eng yaxshi aeroport deya e'tirof etilgan Changi'da joylashgan 563 xonali Crowne Plaza mehmonxonasi ko‘plab ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni taklif etadi - siz kaktus bog‘ida sayr qilib, elita do‘konlarida xaridlaringizni amalga oshirishingiz mumkin.
Erishgan yutuqlari bilan cheklanib qolmay, hozirda Changi'da 10 qavatli po‘lat terminal qurilmoqda, 2019 yilda ochilishi rejalashtirilgan terminal dunyodagi eng baland sharshara va ulkan parki bilan maqtana oladi.
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi:
- Singapore Changi aeroporti
- Incheon xalqaro aeroporti
- Tokyo Haneda xalqaro aeroporti
- Hong Kong xalqaro aeroporti
- Hamad xalqaro aeroporti
- Munich aeroporti
- Chubu Centrair xalqaro aeroporti
- London Heathrow aeroporti
- Zurich aeroporti
- Frankfurt aeroporti
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025