Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml: Rossiyadagi JCh va Olimpiada-1936 o‘zaro taqqoslanishi haqoratli
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Rossiya futbol bo‘yicha jahon chempionatini Hitler va 1936 yilgi Olimpiya o‘yinlari yo‘nalishida PR-yondashuv sifatida foydalanayotganini aytgan parlament qo‘mitasi a'zosi fikriga qo‘shilganidan so‘ng, bu borada o‘z izohini berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Juda haqoratli bayonot. U istalgan davlatning tashqi ishlar vaziriga hech ham mos tushmaydi», - dedi Peskov.
Shuningdek, u bunday bayonotni «haqoratli va qabul qilib bo‘lmas» deb atagan. Peskov Britaniya tomoni GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi bilan bog‘liq hodisani fosh etish maqsadida haqiqatdan ham o‘zaro ishlash xohishida emasligi va bu borada hech qanday dalillar yo‘qligini yana bir bora eslatgan.
«Moskva oddiy siyosiy mantiq va bu ishda vis-a-vis oqilligiga umid qilmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya YeI davlatlarini rus diplomatlarni chiqarib yuborishga ko‘ndirmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025