Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilaviy sirlarni oshkor etgan shaxsga nisbatan qanday javobgarlik belgilangan?
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, oilaviy sirlarni oshkor etgan shaxsga nisbatan ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Xususan, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-1-moddasiga ko‘ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma'lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish eng kam ish haqining 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu modda bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs yana shunday harakatni amalga oshirsa, Jinoyat kodeksiga muvofiq eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
16:43 / 21.12.2024