Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrixonning chekka qishlog‘ida 350 ishchi o‘ringa ega korxona ish boshladi
Qalacha mahalla fuqarolar yig‘ini Andijon viloyati, Shahrixon tumanining chekka hududida joylashgan. Navro‘z bayrami kunlarida Qalacha va unga yaqin bo‘lgan yerdagi 350 nafar yosh qizlar muntazam ish joyi bilan ta'minlandi.
“Yuksak qurilish savdo” jamiyati ta'sischiligidagi - “ALS TEX” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona15 milliard investitsiya kiritish hisobiga bunyod etildi.


Loyiha egalari xorijdan kelayotgan mahsulotlarga raqobatbardosh trikotaj kiyimlarini tayyorlashni maqsad qilgan holda tikuv sexlarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozladilar.
Korxonaning tantanali ochilish marosimi munosabati bilan yurtga dasturxon tuzalib, shodiyona tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Hikmatillo Dadaxonov ishtirok etib, yig‘ilganlarni yangi ishlab chiqarish korxonasini ochilishi bilan qutladi.


“Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning yaqindan bergan ko‘magi bilan loyihani tez fursatlarda ishga tushirdik”,-deydi korxona rahbari Abdusalom Tojiboyev. “Maqsadimiz, sifatli mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, viloyatimiz eksport salohiyatiga o‘z hissamizni qo‘shish. Shu yilning o‘zida 5 million dollarlik kiyim-kechaklarni eksport qilish uchun shartnomalar imzoladik”.






KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
11:15 / 16.03.2025
O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi
14:41 / 28.02.2025
O‘zbekistonda korxonalar soni keskin kamaymoqda
09:04 / 26.02.2025
Salkam 350 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
15:38 / 13.02.2025