Chexiya ham rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubormoqchi

Foto: Reuters
Chexiya bosh vaziri Andrey Babish GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi bo‘yicha ish tufayli rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishi imkoniyatiga izoh berdi.
«Ha, katta ehtimol bilan, biz shu yo‘ldan ketamiz», - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, gap diplomatlarning oz miqdorda, hattoki «bir nechasini» chiqarib yuborish haqida ketishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeI yetakchilari Skripal ishida Rossiyaning qo‘li borligini tan olishgandi.
Mavzuga oid

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

18:21 / 08.04.2025
Chexiya bosh vazirining X’dagi akkaunti buzib kirildi va u orqali feyk postlar e’lon qilindi

10:31 / 17.02.2025
Chexiya Ukraina uchun snaryadlar sotib olishni davom ettirishga va’da berdi

11:35 / 07.02.2025