Jahon | 18:00 / 23.03.2018
12570
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada odamlar garovga olindi, Saloh Abdusalomni ozod etish talabi qo‘yildi

Foto: Reuters

Fransiyaning Treb kommunasida joylashgan supermarketda noma'lum shaxs odamlarni garovga oldi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda.

Shahar meri so‘zlariga ko‘ra, supermarketda kamida ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki inson jarohat oldi. Ularning ahvoli qay darajada og‘ir ekani aytilmayapti.

Odamlarni garovga olgan erkak 2015 yilning noyabrida sodir etilgan teraktda ayblanayotgan Saloh Abdusalomni ozod etishni talab qilgan. 

Ta'kidlanishicha, jinoyatchi avval fransuz razvedkasi nazoratiga ham tushgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, erkak o‘zini IShID tarafdori, deb atagan. Voqea joyiga uchta vertolyot, shuningdek, 50 nafar politsiyachi yetib keldi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid