Iqtisodiyot | 21:11 / 23.03.2018
8670
1 daqiqa o‘qiladi

Neft narxi 70 dollardan oshdi

Foto: Getty Images

Londonning ICE Futures birjasida Brent nefti uchun may oyi fyucherslari narxi 1,19 dollarga (1,73 foiz) oshib, 70,10 dollarni tashkil qildi. 

WTI neftining Nyu-York tovar birjasidagi (NYMEX) narxi esa 1,03 dollarga qimmatlashib, 65,33 dollarni tashkil qilgan.

Joriy hafta boshidan Brent turidagi neft narxi 5,9 foizga oshib, 2017 yil iyulidan beri rekord darajadagi o‘sish sur'atini ko‘rsatdi. WTI nefti 4,9 foizga qimmatlagan.

Avvalroq neft narxi AQSh energetika vazirligi energetik axborot boshqarmasining (EIA) AQShda oxirgi haftada neft va benzin zaxiralari 2,6 mln barrelga kamaygani haqidagi hisobotidan keyin osha boshlagan. Vaholanki, tahlilchilar zaxiralar oshishini kutishgan.  

Mavzuga oid